Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda xayriya o‘tkazilayotgan bemorning plastik kartasidagi pulni yechib olgan shaxs ushlandi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi shaxs xayriya o‘tkazilayotgan bemorni aldab, uning kartasidagi pullarni yechib olgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 22 yoshli yigit Telegram’da ochilgan «Gepatit «B» xastaligi bilan kasallangan Akmaljonga yordam» kanaliga qo‘shilgan. Bemorning plastik kartasiga yordam uchun pul tashlab bermoqchiligini aytib, aldov yo‘li bilan kerakli raqamlarni bilib olgan. So‘ng, plastik kartada bo‘lgan 2 million so‘m pulni yechib olgan.
Tezkor surishtiruvlar natijasida yigit huquqni himoya qilish organlari xodimlari tomonidan ushlangan. Undan 2 million so‘m va jinoyatni sodir etishda foydalanilgan Samsung A10 telefoni ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan. Qayd etilishicha, Akmaljonga jinoyatchi olgan pul tilxat asosida qaytarib berilgan.
Jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan, Koson tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025