Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda tanishining suratlarini tarqatish bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Samarqand shahrida tanishining suratlarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, undan pul talab qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2021 yil 2 aprel kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMBga A. ismli shaxs ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida Samarqand shahar Taraqqiyot ko‘chasida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan tanishi F.V. uning rasmlarini internet tarmog‘i orqali tarqatib sharmanda qilish bilan qo‘rqitayotganini bayon qilgan.
U, F.B. suratlarni tarqatmasligi evaziga undan 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilib kelayotganini bildirgan.
Arizaga asosan, 2021 yil 2 aprel kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 2-sonli IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, F.V. ariza muallifidan 400 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ta'kidlanishicha, holat yuzasidan jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 1-qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.
Bekobodda er-xotinni shantaj qilgan 15 yoshli qiz ushlandi
Qashqadaryoda fuqaroni internet orqali sharmanda qilish bilan qo‘rqitib pul talab qilganlar ushlandi
Mavzuga oid
20:07 / 22.04.2025
2025 yil birinchi choragida 4,7 ming kishi ozodlikdan mahrum qilindi
20:03 / 30.01.2025
Tergov sudyalari: ular kim va qanday vakolatlarga ega?
12:05 / 06.01.2025
Buxoroda 34 milliardlik kriptoaktivlarni aylantirgan o‘smirga ochilgan jinoyat ishi tugatildi
08:38 / 18.12.2024