Jamiyat | 08:25 / 06.04.2021
3380
1 daqiqa o‘qiladi

Qidiruvdagi buxorolik shaxs Rossiya Federatsiyasining Tula shahrida qo‘lga olindi  

Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilgan fuqaro D.T. tergov organlaridan yashirinib yurgandi. Unga Buxoro shahar IIOFM boshqarmasi huzuridagi TB tomonidan 2019 yil 11 noyabr kunidan buyon qidiruv e'lon qilingan. 

Buxoro viloyati IIB axborot xizmatining xabariga ko‘ra, Buxoro shahar Orifon ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi, 1996 yilda tug‘ilgan ushbu fuqaro o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Rossiya Federatsiyasining Tula viloyati, Tula shahri hududida yashirinib kelayotgani aniqlangan. 

D.T. qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan hamda IIB Probatsiya va jazoni ijro etish bo‘limiga qarashli tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

Mavzuga oid