Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada armiyaning jangovar tayyorgarligini tekshiruvdan o‘tkazish boshlandi
Ma'lumot berilishicha, aprel oyida turli miqyosdagi 4 mingdan ortiq mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar barcha harbiy okruglar va Shimoliy flotda bo‘lib o‘tadi.
Rossiya qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligini tekshirish boshlandi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma'lum qildi.
«Qurolli kuchlar tayyorgarligi rejasiga muvofiq, harbiy boshqaruv organlari, tuzilma va harbiy qismlarda nazorat tekshiruvlari boshlandi. Qo‘shinlar taktik, maxsus-taktik va ikki tomonlama mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun poligonlarga chiqdi», — dedi Shoygu.
Ma'lumot berilishicha, aprel oyida turli miqyosdagi 4 mingdan ortiq mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar barcha harbiy okruglar va Shimoliy flotda bo‘lib o‘tadi. Qo‘shimcha qilinishicha, barcha turdagi qo‘shinlar tekshiriladi.
Avvalroq Ukraina chegaradosh hududlarda quruqlikdagi qo‘shinlar yig‘inini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025