Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida xalq ta'limi sohasidagi rahbar xodimlarning yarmidan ko‘pi baholash sinovidan o‘ta olmadi
Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan xalq ta'limi sohasidagi rahbar xodimlarning yarmidan ko‘pi baholash sinovidan o‘ta olmagan. Bu haqda xalq ta'limi vazirligi xabar bermoqda.
Xabarda yozilishicha, Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan 56 nafar tuman va shahar xalq ta'limi bo‘limlari boshqaruv xodimlarining ish faoliyatini baholash jarayoni amalga oshirilgan. Baholash natijasiga ko‘ra, 29 nafar (51,8 foiz) rahbar xodim sinovdan o‘ta olmagan. Qolgan 27 nafar rahbar xodimning natijasi ijobiy bo‘lgan.
Qayd etilishicha, baholash natijalari salbiy bo‘lgan rahbar xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ikki haftadan so‘ng bekor qilinib, ularga mutaxassisligi va malaka darajasiga mos boshqa lavozimlar taklif qilinadi.
Mehnat shartnomasi bekor qilingan boshqaruv lavozimlari bo‘yicha ma'lumotlar vacancy.argos.uz veb-saytiga joylanadi. Mazkur lavozimlarga mos keluvchi fuqarolar talabgor sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Ma'lum qilinishicha, avvalroq Toshkent va Sirdaryo viloyatida ham baholash jarayonlari o‘tkazilgan. Ularda har ikkala viloyat tuman va shahar xalq ta'limi bo‘limlari boshqaruv xodimlarining 43 foizi sinovlardan o‘ta olmagan.
Mavzuga oid
14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan
12:20 / 05.05.2025
10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan ikki kishi qutqarildi
10:20 / 05.05.2025
Nurobodda qariyb 17 ming gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalgani aniqlandi
13:52 / 09.03.2025