Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an bilan uchrashuv vaqtida Yevrokomissiya raisiga o‘tirish uchun kursi berilmadi
Ursula fon der Lyayyenga Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu o‘tirgan divanning qarshisidagi divanga o‘tirish taklif qilingan.
Turkiyada prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Yevroittifoqning ikki rahbari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyenga o‘tirish uchun kursi berilmadi. Bu haqda Washington Post xabar bermoqda.
E'lon qilingan videolavhada namoyon bo‘lishicha, Anqaradagi majlislar zalida Erdo‘g‘an va Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel zarhal kursilarga o‘tirishgan, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen esa qayerga o‘tirishni bilmay turib qolgan.
Shundan so‘ng unga Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu o‘tirgan divanning qarshisidagi divanga o‘tirish taklif qilingan.
Avvalroq Turkiya mamlakatning ayollarni zo‘ravonlikdan himoyalash haqidagi Istanbul konvensiyasidan chiqishga qaror qilgandi.
Yevropa kengashining Istanbulda imzolangan konvensiyasi oilada ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan. Biroq turk konservatorlari bu konvensiya oilaviy qadriyatlarga putur yetkazadi, deb hisoblamoqdalar.
Yevropa ittifoqi Turkiyaning hujjatdan chiqishidan afsusdaligini bildirgan.
Mavzuga oid
11:49 / 26.05.2025
Donald Tramp Yevroittifoqdan import uchun bojlarni 9 iyulgacha kechiktirdi
09:11 / 23.05.2025
Ukraina Yevroittifoqqa qurolli kuchlarini bevosita moliyalashtirishni taklif qildi
13:45 / 21.05.2025
Isroilga iqtisodiy bosim: Yevroittifoq savdo imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqadi. Britaniya erkin savdo bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi
20:52 / 15.05.2025