Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada mina portlashi oqibatida bir necha turk harbiysi halok bo‘ldi
Suriya shimolidagi Hasaka viloyatida yuz bergan ikkita portlash oqibatida 10dan oshiq turk harbiysi halok bo‘ldi va yaralandi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, gap minalar portlashi haqida bormoqda.
Suriyada inson huquqlarini monitoring qilish markazi ma'lumotlariga ko‘ra, voqea oqibatida 4 nafar harbiy halok bo‘lgan, 7 nafari yaralangan. “RIA Novosti” axborot agentligi manbasi esa 12 nafar harbiy halok bo‘lgani va yaralanganini ma'lum qilgan.
Suriyaning Al-Watan nashrining xabar berishicha, bir necha turk harbiysi va Turkiyani qo‘llab-quvvatlovchi qurollangan guruhlar jangarilari Tel-Tamerdan 38 km uzoqlikdagi Ras-al-Ayn shahri yaqinida piyoda askarlarga qarshi minalarga tushib qolgan.
Tel-Tamer yaqinida Turkiyaning harbiy bazalaridan biri joylashgan. 2017 yildan boshlab Turkiya qurolli kuchlari Suriya shimolida kurd qurolli tuzilmalariga qarshi 3ta harbiy amaliyot o‘tkazgan.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025