Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaga tashrif buyurishi kutilmoqda
Tanzila Norboyeva 2019 yil oktyabrda Rossiya yuqori palatasi rahbari Valentina Matviyenko bilan uchrashgandi.
Yaqin vaqt ichida Rossiyaga O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi kengashi raisining o‘rinbosari Nikolay Juravlyov ma'lum qildi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri.
«Parlamentlarning yuqori palatalari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha komissiyaning muvaffaqiyatli ish tajribasini qayd etmoqchiman. O‘tgan yil sentyabrda o‘tkazilgan yig‘ilishda ikki mamlakat qonunchiliklarini uyg‘unlashtirish masalalari ham muhokama qilingandi. Bu boradagi ishlarni davom ettirish uchun yaqin vaqt ichida Rossiyaga O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurishi kutilmoqda», – dedi Juravlyov Toshkentdagi «Innoprom» ko‘rgazmasida.
Tanzila Norboyeva 2019 yil oktyabrda Rossiya yuqori palatasi rahbari Valentina Matviyenko bilan uchrashgandi. Federatsiya kengashi spikeri O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi hamkasblari va prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan hamda Buxoroga borgandi.
Mavzuga oid
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025