O‘zbekiston | 17:09 / 08.04.2021
5609
1 daqiqa o‘qiladi

Beruniyda 420 mln so‘mga qurilib, foydalanishga topshirilgan maktab umuman qurilmagan bo‘lib chiqdi

Beruniy tumani'dagi 420 mln so‘mga qurilib foydalanishga qabul qilinganligi ko‘rsatilgan 58-maktab filialida umuman qurilish bo‘lmaganligi aniqlandi. Bu haqda 6 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida aytib o‘tilgan.

Majlisda qayd etilishicha,  XTV muassasalarida 192,2 mlrd so‘mlik moliyaviy xato, kamchiliklar va o‘zlashtirishlar aniqlangan. Shuningdek, Xalq ta'limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘laridan 21 mlrd so‘mlik samarasiz xarajatlarga yo‘l qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kegeylidagi maktabni ta'mirlashda 104,8 mln so‘mlik, Chimboydagi maktab filiali binosini rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan mablag‘dan 105 mln so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingandi. Bundan tashqari Ellikqal'adagi maktab mas'ullari qariyb 0,5 mlrd so‘mni talon-toroj qilib yuborishgan edi.

Mavzuga oid