O‘zbekiston | 13:21 / 08.04.2021
50931
2 daqiqa o‘qiladi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga yangi rais tayinlandi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga yangi rais tayinlandi. O‘zbekiston prezidentining shu haqdagi qarori qabul qilindi.

Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra, Sodiq Donaqulovich Toshboyev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimida ish boshladi.

Sodiq Toshboyev

Sodiq Toshboyev 1978 yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 1999 yilda G.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Akademiyasi Toshkent filialini tamomlagan, ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - iqtisodchi, siyosatshunos va tizimli tahlilchi. U 2001-2002 yillarda «O‘zagrosug‘urta» Samarqand filiali yetakchi mutaxassisi, 2004-2018 yillarda harbiy qism harbiy xizmatchisi bo‘lgan. 

U 2018 yildan buyon Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bundan oldin, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimidan ozod etilgani, bu haqda O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori imzolangani xabar qilingandi.

2019 yilning sentyabr oyi boshlarida lavozimga tayinlangan Abdug‘ofur Ahmedov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimidan ozod etildi. Qayd etilishicha, u boshqa ishga o‘tkazilgan.

Mavzuga oid