Markaziy bank muomalaga chiqargan oltin quymalari narxi pasayishda davom etmoqda
Oltin quymalar narxi 2020 yil 3 noyabridan joriy yil 8 apreligacha bo‘lgan davrda 5 foizdan 10 foizgacha pasaydi.
O‘zbekiston Markaziy banki muomalaga chiqargan oltin quymalarining narxi o‘tgan yil noyabriga nisbatan pasayishda davom etmoqda.
Xususan, tijorat banklarida sotilayotgan 5 grammlik quyma oltin narxi noyabr avvalida 3 million 456 ming so‘mni, 8 aprel kuni esa 3 million 159 ming so‘mni (8,6 foizga pasaygan) tashkil etdi.
O‘tgan davr mobaynida 10 grammlik oltin quyma narxi 6 million 661 ming so‘mdan 6 million 317 ming so‘mga (5,2 foizga) pasaydi.
20 grammlik oltin quyma narxi 13 million 197 ming so‘mdan 12 million 518 ming so‘mga (5,15 foizga) arzonladi.
Shuningdek, 50 grammlik oltin quyma narxi 32 million 364 ming so‘mdan 31 million 295 ming so‘mga (10,1 foizga) tushdi.
Markaziy bank 2020 yil noyabr oyidan og‘irligi 5, 10, 20 va 50 gramm bo‘lgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalarni tijorat banklari orqali sotuvga chiqara boshlagani xabar qilingandi.
Ma'lumot uchun, oltin quymalarni sotish va qaytarib sotib olish narxlari oltinning jahon bozoridagi narxi va Markaziy bank tomonidan belgilangan marja yoki chegirma asosida shakllanadi.
Oltinning jahon bozoridagi narxi 2020 yilning avgust oyidan beri 19 foizga pasaygan.
2020 yili O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi eksport hajmining 38,3 foizini oltin tashkil qilgan.
2021 yilning 1 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 1,1 milliard dollarga kamayib, 33,2 milliard dollar ekani ochiqlangan.
Bungacha, 1 yanvar holatida respublikaning rasmiy zaxira aktivlari 34,9 milliard dollarni, 1 fevral holati bo‘yicha esa 34,3 milliard dollarni tashkil etgan.
Mavzuga oid
11:56 / 11.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti Markaziy banklari kengashi tashkil etiladi
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
23:10 / 07.11.2024
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi
11:23 / 01.11.2024