Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergeli yo‘nalishida metro harakati tiklandi
Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishidagi poyezdlar harakati soat 16:45da tiklandi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” UK xabar bermoqda.
Bugun, 8 aprel kuni Toshkent metrosining Sergeli yo‘nalishida harakatlangan poyezd to‘xtab qoldi. Ushbu yo‘nalishda Chilonzor yo‘nalishidagi “Olmazor” bekati tomon harakatlangan metro poyezdi yer usti yo‘lida to‘xtab qolgan.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” ma'lumotiga ko‘ra, yo‘nalishdagi harakatini to‘xtatish sababi - kontakt relsining kronshteynni ushlab turish qurilmalaridan chiqib ketishi oqibatida nosozlik kelib chiqqan. Voqea yuzasidan rasmiy surishtiruv davom etayotgani, sabablar o‘rganilayotgani aytilgan.
Sergeli yo‘nalishi 2020 yil dekabrida ishga tushirilgandi. Loyihaning umumiy qiymati qariyb 83 million dollarni tashkil etib, bu yo‘nalish “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan, bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida barpo qilingandi.
Ushbu yo‘nalishda mart oyida ham avariya holati sodir bo‘lgan, unda ikki sostav to‘qnashib ketgandi.
Mavzuga oid
16:42 / 14.05.2025
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi
10:02 / 10.04.2025
Toshkentda yong‘in chiqqan uyda ikki yigit pichoqlangani ma’lum bo‘ldi
10:51 / 08.04.2025
Sergelidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
22:38 / 23.03.2025