Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Har kuni 316 kishiga o‘q uzilmoqda”. Bayden AQShda quroldan foydalanish avj olganini qoraladi
AQShda o‘tochar qurol yordamida zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirish haqiqiy epidemiya va xalqaro sharmandalikka aylandi, dedi AQSh prezidenti Jo Bayden qurol savdosini tartibga solishni keskinlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar bilan tanishtirish chog‘ida.
"Bu mamlakatda qurol yordamida zo‘ravonlik qilish epidemiyaga aylandi. Yana qaytaraman: bu mamlakatda quroldan foydalanib zo‘ravonlik qilish – epidemiya va xalqaro sharmandalik", - dedi Bayden.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qurol yordamida amalga oshirilgan zo‘ravonliklar Amerikaga yiliga 280 mlrd dollarga tushmoqda.
"Har kuni 316 kishiga o‘q uzilmoqda va ulardan 106 nafari vafot etmoqda", dedi u va hukumat "o‘z fuqarolari xavfsizligini ta'minlashga majbur"ligini ta'kidladi.
"Bu to‘xtatilishi shart bo‘lgan epidemiya", - dedi Bayden.
AQSh prezidenti qurol lobbisiga qarshi kurashishga chaqirdi.
"Biz shuningdek, o‘tochar qurollar ishlab chiqaruvchilarni kongress taqdim etgan immunitetdan mahrum qilishimiz kerak. Amerikada sud qilib bo‘lmaydigan yagona sanoat sohasi bu o‘tochar qurollar ishlab chiqaruvchilardir", - dedi Jo Bayden.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025