O‘zbekiston | 09:56 / 09.04.2021
2906
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 83 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda respublikaning 14 hududidan 10tasida koronavirusga qarshi emlash ko‘rsatkichi kamida mingtani tashkil qilgani haqida xabar qildi. 

«8 aprel kuni Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 18224 nafar kishi COVID-19ga qarshi emlandi. 

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 83076 nafarga yetdi», deyiladi xabarda. 

8 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni: 

  • Namangan viloyati (2698 nafar),
  • Surxondaryo viloyati (2110 nafar),
  • Andijon viloyati (1895 nafar),  
  • Qashqadaryo viloyati (1760 nafar),
  • Xorazm viloyati (1591 nafar),
  • Farg‘ona viloyati (1487 nafar),
  • Jizzax viloyati (1150 nafar),
  • Samarqand viloyati (1140 nafar), 
  • Toshkent shahri (1078 nafar), 
  • Toshkent viloyati (1029 nafar) band qildi.

«Yana bir e'tiborli jihati shuki, poytaxtimizdan keyin Namangan viloyatida ham koronavirusga qarshi emlangan aholi 10 ming nafardan oshdi», deyiladi SSV xabarida.

Mavzuga oid