Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVV chigirtkalar xavfidan ogohlantirdi, 600 ming gektar maydonga ishlov berilmoqda
Respublika bo‘ylab zararli chigirtka bilan kurashish mavsumi boshlandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqov olib borilayotgan tadbirlar bo‘yicha so‘zlab berdi.
“Respublikamizning barcha hududlarida zararli chigirtkalarning tarqalishiga qarshi choralarni ko‘rish tadbirlari boshlandi. Favqulodda vaziyatlar hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklari mutaxassislari bilan o‘zaro hamkorlikda joriy yilda hasharotlar tahdid qilishi mumkin bo‘lgan taxminiy ekin maydonlari hisoblab chiqildi. Bu deyarli 600 ming gektar qir-adir yerlaridir. Ayni kunlarda chigirtka tarqalishi mumkin bo‘lgan hududlarda kimyoviy ishlov berish tadbirlari olib borilmoqda.
Bularga, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini misol tariqasida keltirish mumkin. Bu kabi tadbirlar tez kunlarda Buxoro, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida ham boshlanadi. Farg‘ona vodiysi hududlarida esa profilaktik tadbirlar may oyining boshida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuni ta'kidlash kerakki, jarayonlarga o‘nlab deltaplanlar va yuzlab qishloq xo‘jaligi texnikalari jalb etilmoqda. Bu kabi choralarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi qishloq xo‘jaligi yerlariga zararli chigirtkalar ta'siri oldini olishiga xizmat qiladi”, dedi Murod Sodiqov o‘z chiqishida.
Mavzuga oid
10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi
21:32 / 19.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
15:49 / 14.05.2025
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
14:03 / 11.05.2025