Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmadagi to‘qnashuvlarda bir kun ichida 83 kishi halok bo‘ldi
Myanmada kuch tuzilmalari xodimlari va namoyishchilar orasida davom etayotgan to‘qnashuvlarda bir kun ichida 83 kishi halok bo‘ldi. 10 aprel holatiga ko‘ra, fevral boshidan beri davom etayotgan to‘qnashuvlar qurbonlari soni 701 nafarga yetdi.
Myanmada siyosiy mahkumlarga yordam berish uyushmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 9 aprelda Bago shahrida 82 kishi halok bo‘lgan.
Ayni vaqtda 3,1 mingdan ko‘proq kishi hibsda ushlab turilibdi, 63 kishi qamoq jazosiga hukm qilingan, 656 kishining hibsga olinishiga order berilgan.
Avvalroq BMT Myanmadagi fuqarolik urushi xavfidan ogohlantirgandi.
1 fevralda Myanmada harbiy to‘ntaruv amalga oshirilib, mamlakat rahbariyati hokimiyatdan chetlatilgandi. O‘shandan beri mamlakatda harbiylar siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari to‘xtamayapti. Namoyishlar kuch tuzilmalari tomonidan keskin tarzda bostirilmoqda.
Mavzuga oid
21:24 / 25.04.2025
Myanmada zilzila haqida noto‘g‘ri prognozlar tarqatgan tiktoker hibsga olindi
20:02 / 18.04.2025
Tailand Myanmada qullikdan ozod etilgan 7 ming kishini vataniga yubordi
15:18 / 13.04.2025
Myanmada odam savdosi qurboni bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
10:23 / 03.04.2025