Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya prezidenti kasallik tufayli nogironlar aravachasida harakatlana boshladi
Oyoqlar nevropatiyasi kasalligidan aziyat chekuvchi Chexiya prezidenti Milosh Zeman nogironlar aravachasida harakatlana boshladi.
“Men nogironlar aravachasida harakatlanmoqdaman, chunki bu ancha qulay. Oyoqlarim qoniqarli ahvolda emas”, deb aytgan Zeman Blesk nashriga bergan intervyusida.
Prezidentning ta'kidlashicha, u shifokorlar tavsiya qilgan nogironlar aravachasidan rasmiy tadbirlarda ham foydalanadi.
76 yoshli Zeman vaqti-vaqti bilan Pragadagi markaziy harbiy gospitalda davolanib turadi. U, shuningdek, qand kasalligidan aziyat chekadi.
Zeman 2013 yilda Chexiya prezidenti etib saylangan. 2018 yilda u ikkinchi besh yillik muddatga qayta saylangandi.
Mavzuga oid
12:30 / 23.05.2025
Chexiya jurnalist Farida Qurbongaleyevani Rossiyaga topshirishdan bosh tortdi
23:16 / 21.05.2025
Chexiyada turistlar tog‘dan xazina topib oldi
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
13:50 / 05.05.2025