Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida masjidlarga yaqin bo‘lgan yo‘llarda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi
Muqaddas Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan har kuni 18:00 dan 23:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
Bunda:
Lutfiy ko‘chasi (faqat masjid tomoni, qarama qarshi tomon harakat uchun ochiq bo‘ladi) Katta Qani ko‘chasi bilan kesishmadan Katta Xirmontepa ko‘chasi bilan kesishgan yo‘lgacha;

Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi Beshqayrag‘och ko‘chasidan Nurafshon ko‘chasigacha;

Keles ko‘chasi Noraztepa ko‘chasidan Gulsaroy ko‘chasigacha;

Kamolon ko‘chasi Samarqand Darvoza ko‘chasidan Bunyodkor ko‘chasigacha;

Al-Xorazmiy ko‘chasi Katta Qani ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha;

Qoraqamish-3 ko‘chasi Qoraqamish-1 ko‘chasidan Keles yo‘li ko‘chasigacha.

"Holatga qarab, namozxonlar soni ko‘payib ketgan taqdirda masjidga tutashgan boshqa yo‘llar ham yopilishi mumkin.
Haydovchilardan berkitilgan ko‘chalarni oldindan chetlab o‘tishni iltimos qilamiz", deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
14:15 / 09.04.2025
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi
12:30 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
10:48 / 26.02.2025