Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda koronavirusga qarshi vaksinaning samaradorligi pastligi haqidagi bayonot rad etildi
Gao Fu emlash samaradorligini oshirish uchun turli vaksinalardan foydalanishni taklif qilganini aytdi.
Xitoyning kasalliklar tarqalishini nazorat qilish markazi direktori Gao Fu mamlakatda ishlab chiqilgan vaksinaning samaradorligi haqidagi bayonotni rad etdi. Bu haqda Global Times xabar bermoqda.
U o‘zining Xitoy vaksinalari past samaradorlikka ega ekanini «tan olgani» to‘g‘risida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar butkul anglashilmovchilik ekanini aytdi. Ga Fu dunyo koronavirusga birinchi marta duch kelgani sababli o‘rganish kerak bo‘lgan ko‘plab ilmiy masalalar borligini, vaksina borasida esa muammoga shunchaki ilmiy yondashuvni taklif qilganini ta'kidladi.
«Yechish lozim bo‘lgan ko‘plab ilmiy masalalar bor», – dedi u.
Gao Funing so‘zlariga ko‘ra, bunday xabarlar u vaksina samaradorligini oshirish uchun taklif etgan ilmiy yondashuvdan chalg‘itadi. U emlash samaradorligini oshirish uchun turli vaksinalardan foydalanishni taklif qilganini aytdi.
Avvalroq The New York Post nashri Gao Fu Xitoyda koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan vaksinalarning samaradorligi pastligini tan olgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025