Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyaliklarning aksariyati Tokiodagi Yozgi Olimpiada o‘yinlari o‘tkazilishiga qarshi ekani ma'lum bo‘ldi
So‘rovda qatnashganlarning 24,5 foizi o‘yinlar o‘z vaqtida o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlab ovoz bergan.
Yaponiya aholisining ko‘pchiligi Tokiodagi Olimpiada o‘yinlari bekor qilinishi yoki o‘tkazish muddati ko‘chirilishi tarafdori. Bu Kyodo agentligi o‘tkazgan so‘rovda ma'lum bo‘ldi.
Respondentlarning 39,2 foizi o‘yinlar butunlay bekor qilinishini yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, 32,8 foizi Olimpiada muddati ko‘chirilishi tarafdori ekanini bildirgan. O‘yinlar o‘z vaqtida o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlab so‘rovda qatnashganlarning 24,5 foizi ovoz bergan.
Yanvarda o‘tkazilgan so‘rovda ishtirokchilarning 80 foizi 2021 yildagi Olimpiada o‘yinlari Tokioda o‘tkazilishini salbiy baholagandi. Shu bilan birga, so‘rovda qatnashganlarning 35,3 foizi mamlakatda har qanday xalqaro sport musobaqalari o‘tkazilishiga qarshi ekanini ma'lum qilgan.
Tokio Olimpiadasi 2020 yil 24 iyul — 9 avgust kunlari o‘tkazilishi lozim edi, ammo pandemiya sababli musobaqa bir yil keyinga qoldirilgandi.
Avvalroq Tokiodagi Olimpiada o‘yinlariga xorijlik muxlislar kiritilmasligi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi
21:21 / 06.04.2025
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
10:54 / 09.12.2024