O‘zbekiston | 11:18 / 12.04.2021
2437
1 daqiqa o‘qiladi

Yunusoboddagi ta'mirlash ishlari tufayli Ahmad Donish ko‘chasining bir tomoni ikki oy davomida yopiq bo‘ladi

Toshkent shahridagi Ahmad Donish ko‘chasining Yunusobodga olib boruvchi 4,5 kilometrdan ortiq bo‘lgan qismi ikki oyga yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Xabar berishlaricha, Ahmad Donish ko‘chasining Sebzordagi Nurafshon aylanma ko‘chasidan to Mega Planet savdo majmuasi oldidan o‘tgan Yangishahar ko‘chasigacha bo‘lgan qismi «yo‘l-ta'mirlash ishlari tufayli» yopilmoqda.

Qayd etishlaricha, bu vaqt davomida «ikki yo‘nalish harakatlanishi yo‘lning bitta tomoni bo‘ylab tashkil etiladi». «Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etamiz», — deyiladi hokimlik axborotida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid