O‘zbekiston | 14:54 / 13.04.2021
7833
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoro shahridagi 2 ta ko‘chaga O‘ktam Barnoyev va Karim Kamolov nomi berildi

Xalq deputatlari Buxoro shahar kengashining bo‘lib o‘tgan XXXVIII sessiyasida deputatlar tomonidan Buxoro shahridagi Alpomish ko‘chasining nomini O‘ktam Barnoyev nomiga o‘zgartirish taklifi ma'qullandi.

Shuningdek, sessiyada shaharning G‘ijduvon ko‘chasini Karim Kamolov nomi bilan atash to‘g‘risidagi taklif qo‘llab-quvvatlandi. 

O‘ktam Barnoyev 2016 yilning dekabridan 2020 yil fevraligacha Buxoro viloyatiga hokimlik qilgan, 2020 yil fevralida bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. U koronavirusdan davolanib chiqqanidan so‘ng insult kuzatilgan, shundan keyin u davolanish va bosh miyasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun Germaniyaga olib ketilgan va o‘sha yerda davolanish vaqtida olamdan o‘tgandi.

Karim Kamolov esa 2017 yil Buxoro viloyati Buxoro shahar hokimi lavozimiga tayinlangan. 2020 yil fevral oyi oxirida Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi sifatida ish boshlagandi.

Mavzuga oid