Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda tadbirkordan 23,6 mln so‘m pulini hisobiga o‘tkazib berish evaziga 2,3 mln so‘m olgan mansabdor ushlandi
Buxoro shahrida tadbirkorlardan biriga ko‘p qavatli uy-joylarni ta'mirlagan korxonaga to‘lanishi lozim bo‘lgan pulni o‘tkazib berishda «haq» olgan mansabdor ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi Buxoro shahar bo‘limi boshlig‘i S.X. pora bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, u «A.O.» MChJ rahbarining ishonchiga kirib, shahardagi ko‘p qavatli uylarda bajarilgan ta'mirlash ishlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 23,6 million so‘mni jamiyat hisobraqamiga o‘tkazib berish evaziga 2,3 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025