Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada Turkiyaga qurol eksportini taqiqladi
Taqiq Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlarda Kanada mudofaa texnologiyalaridan foydalanilgani bilan bog‘liq.
Kanada hukumati Turkiyaga harbiy mahsulotlar eksportini taqiqladi. Bu haqda Kanada tashqi ishlar vaziri Mark Garno ma'lum qildi.
Taqiq Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlarda Kanada mudofaa texnologiyalaridan foydalanilgani bilan bog‘liq.
«O‘rganishlar davomida Turkiyaga eksport qilingan Kanada texnologiyalaridan Tog‘li Qorabog‘da foydalanilgani to‘g‘risidagi ishonchli dalillar aniqlandi», – dedi Garno.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqaraning bunday harakatlari «Kanada tashqi siyosatiga to‘g‘ri kelmaydi».
Shu bilan birga, Garno «Turkiya NATOdagi muhim ittifoqchi» ekanini ta'kidlagan.
Avvalroq Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Armanistondan «Iskander-M» raketalarini qayerdan olganiga javob berishni talab qilgandi.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
00:45 / 22.05.2025