O‘zbekiston | 14:57 / 13.04.2021
1831
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiydagi ayrim savdo nuqtalarida xaridorlarga kassa cheki taqdim etilmayapti 

Joriy yilning 1 yanvaridan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasiga onlayn nazorat-kassa mashinalarini bosqichma-bosqich tatbiq etish belgilangan bo‘lsa ham, Navoiy viloyatida ayrim tadbirkorlar tomonidan onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanmaslik holatlari uchramoqda.

Navoiy viloyat Davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Nuriddin Rahimovning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, hozirda viloyatda 4 632 ta tadbirkorlik sub'yekti onlayn-nazorat kassa mashinalaridan foydalanish tizimiga ulangan.

Biroq, olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlariga qaramasdan, ayrim tadbirkorlar onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish qoidalariga rioya etmayapti yoki ushbu moslamadan umuman foydalanmayapti.  

Jumladan, Navoiy savdo kompleksi va markaziy dehqon bozorida o‘tkazilgan profilaktik tadbirda ayrim tadbirkorlar onlayn nazorat-kassa mashinasini atayin ishlatmasdan, xaridorlarga chek taqdim etmayotgani ma'lum bo‘ldi. O‘rganishlar davomida viloyatda 51 ta shunday holat kuzatilgan.

Mavzuga oid