Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hayvonlar uchun Covid vaksinasi sinovdan o‘tkaziladi
O‘zbekistonda hayvonlar uchun koronavirusga qarshi vaksina sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Anvar Suyunov Kun.uz’ga ma'lum qildi.
«Rossiya Federatsiyasida hayvonlar uchun mo‘ljallangan COVID-19’ga qarshi «Karnivak-Kov» vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Ayni paytda olimlar mazkur vaksina bilan emlangandan keyin hayvon tanasida kovidga qarshi immunitet qancha vaqt saqlanishini o‘rganmoqda. Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, uning eng kam muddati olti oy. Ommaviy ishlab chiqarish aprel oyi oxirlarida boshlanishi kutilmoqda.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mutaxassislari va qo‘mita huzuridagi Hayvon kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat havfsizligi davlat ilmiy markazi olimlari rossiyalik hamkasblari bilan mazkur vaksinaning sinov jarayonlarini O‘zbekistonda ham o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda», – dedi Anvar Suyunov.
Ta'kidlanishicha, emlamaning birinchi bosqich sinov jarayonlari yuqori samara bersa, ikkinchi bosqich sinov jarayonlari O‘zbekistonda ham o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
16:00 / 04.02.2025
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
16:51 / 25.11.2024