Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda fuqaroni «Enter Engineering»ga ishga kiritaman deb 3900 AQSh dollarga chuv tushirishdi
Qamashilik fuqaro o‘z tanishini «Enter Engineering» kompaniyasiga ishga kiritib o‘qyishni va'da qilib, buning evaziga 3900 dollarni qo‘lga kiritgan.
Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Sarbozor qishlog‘ida yashovchi R.L. Qamashi tumani «Rabot» MFYda yashovchi S.E.dan uning o‘g‘li S.H.ni tanishlari vositasida «Enter Engineering» korxonasiga ishga kiritishni va'da qilib, firibgarlik yo‘li bilan 3900 AQSh dollari miqdoridagi pullarini olgan. Lekin 2018 yil 8 aprel kunidan 2019 yil 29 aprel kuniga qadar va'dasini bajara olmagan.
Firibgar shu kunga qadar ushbu pullarni qaytarmasdan, aldab yurgani haqida, S.E. 2021 yil 17 mart kuni ichki ishlar organiga ariza yozgan.
Fuqaroning arizasi yuzasidan, Qamashi tuman IIB TB xodimlari tomonidan R.L.ga nisbatan JKning 168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025