Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya g‘arbiy chegaralariga ikkita armiya va uchta desant qo‘shinlari bo‘linmasini tashladi
Rossiya mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, NATO harbiy faoliyati tahdidi sababli tegishli choralar ko‘rilgan.
Rossiya nazorat tekshiruvi doirasida g‘arbiy chegaralariga ikkita armiya va uchta desant qo‘shinlari bo‘linmasini tashladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO harbiy faoliyati tahdidi sababli tegishli choralar ko‘rilgan.
«Qo‘shinlar to‘liq jangovar shaylik va mamlakat harbiy xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha vazifalarni bajara olish qobiliyatini ko‘rsatdi. Hozirda bu qo‘shinlar mashg‘ulotlarga jalb etilgan», — dedi Shoygu.
Rossiya mudofaa vazirining aytishicha, mashg‘ulotlar ikki hafta davom etadi.
Mavzuga oid
13:20 / 21.05.2025
OAV: Urush boshidan beri Rossiya armiyasidan 49 ming kishi qochgan bo‘lishi mumkin
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025