Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketadi - OAV
Hozirda Afg‘onistonda 750 nafarga yaqin britaniyalik harbiy bo‘lib, ular asosan Kobulni qo‘riqlash va mahalliy harbiylarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi.
Qo‘shma Shtatlar ma'muriyatining qaroridan so‘ng Buyuk Britaniya ham Afg‘onistondan barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketadi. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, hozirda Afg‘onistonda 750 nafarga yaqin britaniyalik harbiy bo‘lib, ular asosan Kobulni qo‘riqlash va mahalliy harbiylarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Gazeta manbasining so‘zlariga ko‘ra, Amerika qo‘shinlari va harbiy bazalarisiz Britaniya kuchlariga mamlakatda qolishni davom ettirish qiyin bo‘ladi.
Avvalroq AQSh ma'muriyati vakili Afg‘onistondagi amerikalik harbiylar 11 sentyabrgacha olib chiqib ketilishini ma'lum qilgandi.
AQShning Afg‘onistondagi operatsiyasi 2001 yildan buyon davom etmoqda. AQSh va NATOning asosiy jangovar kuchlari Afg‘onistondan 2014 yilda olib chiqib ketilgan.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
21:58 / 21.05.2025