Toliblar AQSh kuchlarining Afg‘onistondan olib chiqib ketilishi muddatidan norozi bo‘ldi
AQShning ilgarigi ma'muriyati Afg‘onistondagi Amerika qo‘shinlarini 2021 yilning 1 mayigacha olib chiqib ketishni rejalashtirgandi.
"Tolibon" AQSh prezidenti Jo Baydenning Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlari 1 maydan boshlab olib chiqib ketilishini ikki tomonlama kelishuvning buzilishi, deb hisoblaydi. Bu haqda Tolo News telekanaliga asoslanib “Interfaks” xabar berdi.
"Bu "Tolibon"ga har qanday zarur qarshi choralar ko‘rishga yo‘l ochadi va shu ondan boshlab kelgusidagi oqibatlar uchun Amerika tomoni javobgar bo‘ladi", - deyiladi toliblar bayonotida.
Avvalroq "Tolibon" harakati Afg‘onistondan xorij qo‘shinlarini olib chiqib ketish muddati AQSh va toliblar o‘rtasidagi kelishuvdagi muddatdan o‘zgaradigan bo‘lsa, mamlakatdagi vaziyat keskinlashishi to‘g‘risida ogohlantirgandi, deya xabar beradi Tolo News telekanali.
"Afg‘oniston islom amirligi barcha xorij kuchlari Dohada imzolangan kelishuvda ko‘rsatilgan muddatda olib chiqib ketilishiga harakat qiladi. Agar kelishuvga amal qilinsa, qolgan masalalarni yechish yo‘li topiladi", - deb ta'kidlagan toliblar vakili Zabihulla Mujohid.
Avvalroq Afg‘onistondagi AQSh qo‘shinlari 2021 yil 11 sentyabrgacha olib chiqib ketilishi ma'lum qilingandi. AQShning ilgarigi ma'muriyati esa buni 2021 yilning 1 mayigacha amalga oshirishni rejalashtirgandi.
Mavzuga oid
17:22
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
10:05
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024