Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OChL. OKMK «Al Hilol» bilan jangovar durang qayd etdi, guruhning ikkinchi o‘yinida ham g‘olib aniqlanmadi
Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 1-tur bahslari yakuniga yetdi.
OKMK guruh bosqichidagi debyut bahsida mezbon jamoa «Al Hilol» bilan durang o‘ynadi. Zafar Polvonov va Sanjar Shoahmedovning gollariga Sardor Rahmonov (avtogol) hamda Lusiano Vetto javob berishdi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida Tojikiston chempioni «Istiqlol» BAAning «Shabob Al Ahli» klubi bilan bahs yuritdi. Bellashuvda hisob ochilmadi. Dubayliklar safida o‘zbekistonlik yarimhimoyachilardan Jaloliddin Masharipov diskvalifikatsiya tufayli maydonga tushmagan bo‘lsa, Odil Hamrobekov qaydnomaga kiritilmadi.
OChL, A guruhi, 1-tur, 15 aprel
Al Hilol — OKMK 2:2
Gollar: Rahmonov (27, avtogol), Vetto (37) — Polvonov (11), Shoahmedov (70).
OKMK — Valijon Rahimov, Dilshod Ahmadaliyev (Mirg‘iyos Sulaymonov, 86), Bobur Yo‘ldoshev, Sardor Rahmonov, Akrom Komilov, Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov (Sanjar Shoahmedov, 62), Sanjar Tursunov (Dilshod Jo‘rayev, 86), Murod Toshmatov (Elvin Fortes, 62), Zafar Polvonov, Husniddin G‘ofurov (Shohruh Gadoyev, 41).
Al Hilol — Abdulloh Al Mayyuf, Muhammad Al Burayk (Amir Yeurdi, 83), Ali Hadi Al Bulayhi, Abdulloh Otayf, Lusiano Vetto (Favaz Al Terais, 63), Yosir Ash Shahroni, Bafetimbi Gomis, Andre Karrilo (Nosir Ad Dovsari, 75), Jang Hyun Su (Muhammad Jahfali, 83), Hatan Bahebri (Solih Ash Shehri, 75), Muhammad Kanno.
Istiqlol — Shabob Al Ahli 0:0
Mavzuga oid
03:09 / 12.03.2025
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi
23:19 / 04.03.2025
Elit OChL. «Paxtakor» nimchorakfinal dastlabki o‘yinida «Al Hilol»ni mag‘lub etdi
12:00 / 26.02.2025
OKMKda yangi ohak zavodi qurilishiga start berildi
05:19 / 28.01.2025