Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga tayyorligini ma'lum qildi
Agar AQSh Rossiya hakerlik hujumlarini to‘xtatmadi va Amerika siyosatiga aralashishda davom etmoqda deb hisoblasa, ushbu chora joriy etiladi.
AQSh ma'muriyati ushbu haftada Rossiyaga qarshi sanksiyalar ta'sirini baholaydi va Moskvaning yangi tajovuzkor harakatlaridan kelib chiqib, qo‘shimcha choralar qabul qilishga tayyor. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Agentlikning ma'lumot berishicha, Rossiyaning qarz qog‘ozlariga nisbatan sanksiyalar kuchaytirilishi mumkin: AQSh kompaniyalariga ikkilamchi bozorda ham ularni sotib olish taqiqlanishi ehtimoli bor.
Ta'kidlanishicha, agar AQSh Rossiya hakerlik hujumlarini to‘xtatmadi va Amerika siyosatiga aralashishda davom etmoqda deb hisoblasa, ushbu chora joriy etiladi.
15 aprel kuni AQSh moliya vazirligi Rossiya davlat qarzlariga nisbatan sanksiyalar kiritilganini e'lon qildi: 14 iyundan keyin Amerika moliya institutlari birlamchi bozordan Rossiyaning rubldagi federal obligatsiyalarini sotib olishi mumkin emas.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025