O‘zbekiston | 17:13 / 17.04.2021
1866
1 daqiqa o‘qiladi

Bojxonachilar hujjatlarda ko‘rsatilmagan 313,5 mln so‘mlik tovarlarni fosh qildi

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda “Urganch” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan keltirilgan tovarlar ko‘rikdan o‘tkazilganida, bir qancha qonunbuzarliklar aniqlandi.

Jumladan, yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarda ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 313,5 mln so‘mlik chim o‘ruvchi mashina, chim o‘rish uchun qaychi va suv nasosi borligi aniqlandi.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, mazkur tovarlarga tegishli hujjatlar qalbakilashtirilgani ma'lum bo‘ldi.

Juda ko‘p miqdordagi tovarlar deklaratsiya qilinmasdan bojxona chegarasidan o‘tkazish xatti-harakati sodir etilgani sababli, Jinoyat kodeksi 182–moddasi 2–qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga oid