O‘zbekiston | 14:39 / 17.04.2021
2280
2 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stondagi yoymachilar muammosi hal etildi

Foto: Viloya xokimligi Axborot xizmati

Saytimiz orqali «Avtoshohbekat bozorga aylangan» — Bo‘stondagi yoymachilar muammosi mavzusida tahliliy material e'lon qilgan edik.

Unda Andijon viloyati Bo‘ston tumani markazida joylashgan Markaziy dehqon bozori va avtoshohbekat joylashgan hududga juma kuni yaqinlashishning iloji bo‘lmay qoladi. Shu kuni tumanning turli hududlaridan minglab kishilar bozorga keladi. Bu yerdagi tadbirkorlar bir muammodan qiynalmoqda. Avtoshohbekat bozorga aylanib qolgan. Mashinalar kira olmasligi haqida so‘z borgan.

Viloyat hokimligi axborot xizmati mazkur masalaga munosabat bildirdi.

Foto: Viloya xokimligi Axborot xizmati

Munosabatda keltirilishicha, "Holat ishchi guruh tomonidan o‘rganildi, tumanda faqatgina har juma kuni qo‘shni tumanlardan ham sotuvchilar kelishi hisobiga avtoshohbekatning bir qismiga ham yoymachilarning chiqib ketish holatlari kuzatilar edi. Bugun ishchi guruh tomonidan kerakli choralar qo‘llanilib, muammo bartaraf etildi. Hozirda barcha sotuvchilar, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida maxsus rastalarda savdo qilishlari uchun bozor hududiga kiritildi.  Bundan tashqari avtoshohbekat tartibga keltirilib, yo‘nalishdagi transportlar, avtobus va mikroavtobuslar tartib bilan joylashtirildi".

Avvalroq, saytimizda e'lon qilingan tanqiddan so‘ng: Zavraq mahallasiga yangi transformator va simyog‘ochlar o‘rnatilayotganini xabar qilgan edik.

Mavzuga oid