Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Joriy yilning birinchi choragida viloyatda 105 milliard so‘m imtiyozli mablag‘lar yoshlarga ajratilgan
Buxoroda Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish, yoshlarning bandligini ta'minlash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 2021 yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda axborot bergan viloyat hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Mirali Hamroyevga ko‘ra, shu yilning birinchi choragi yakuni bilan jami 20 441 nafar ishsiz yoshning bandligi ta'minlangan bo‘lsa, ularning 6 691 nafari ishga joylashtirilgan. 1 405 nafar yigit-qizga subsidiya hamda 5 866 nafariga umumiy qiymati 109,2 milliard so‘m imtiyozli sarmoya ajratilgan. Shuningdek, 6 479 nafar yoshga 1 255 gektar yer maydoni ajratib berilgan bo‘lsa, 3 418 nafar yigit-qiz kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitilib, sertifikat berilgan.

Joriy yil viloyatdagi oliy o‘quv yurtlarini bitirib chiqayotgan jami 38 ming mutaxassisni ishga joylashtirish kabi ustuvor jihatlar yechimiga to‘xtalib, hududda joylashgan korxona muassasalar bilan tegishli kelishuvlar mavjudligi ta'kidlandi. Shu bilan birga, viloyatdagi oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning ijara joylarida yashashi va shahardagi foydalanilmayotgan binolar tegishli tartibda ta'lim muassasalariga berilishi haqida ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
15:52 / 15.05.2025
O‘zbekistonda “Harvardchilar maktabi” ochiladi
19:05 / 12.05.2025