Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘ynoqda kuniga 130 ming kub metr tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati olinadigan yangi quduq ochildi
Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Shimoliy Berdaq» gaz kondensat konidagi 99-sonli quduqda olib borilgan burg‘ilash ishlari ham o‘z natijasini berdi.
«O‘zbekneftgaz» AJ ma'lumotlariga ko‘ra, quduqni o‘zlashtirish ishlaridan so‘ng, kunlik 130 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishilgan.
Hozirda ushbu quduq ustini jihozlash, uni gaz kollektoriga qo‘shish ishlari bajarilmoqda.
Ma'lumot uchun, «Shimoliy Berdaq» gaz kondensat koni Mo‘ynoq tumanida joylashgan bo‘lib, 2006 yilda ishga tushirilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldin «Shimoliy Berdaq» konidagi 102-sonli quduqdan kuniga 220 ming kub metr tabiiy gaz va 1,5 tonna gaz kondensati qazib chiqarila boshlangani haqida xabar bergan edik.
Mavzuga oid
20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi
11:51 / 28.03.2025
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
20:39 / 26.03.2025
Prezident tabiiy gaz va elektrni iqtisod qilish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berdi
19:06 / 03.03.2025