Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda «Yoshlar daftari»ga kirgan fuqarolar haydovchilik kasbiga bepul o‘qitiladi
Navoiy viloyati hokimligi bilan bandlik bosh boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda «Vatanparvar» tashkiloti viloyat kengashi o‘rtasida memorandum imzolandi.

Memorandum orqali «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarni kasbga o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etish ko‘zlangan.
Shu tariqa, ularning haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishlari hamda egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shart-sharoitlar yaratish rejalashtirilmoqda.

Tomonlarning kelishuviga ko‘ra, qisqa muddatli haydovchilik kurslarga jalb qilingan «Yoshlar daftari»dagi fuqarolarni o‘qitish va haydovchilik guvohnomasini topshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar viloyat hokimligi tomonidan to‘lab beriladi.
Mavzuga oid
09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi
11:11 / 06.05.2025
“Tezlik juda yuqori bo‘lgan” – Navoiydagi dahshatli YTHga izoh berildi
18:21 / 09.04.2025