Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda fermerlarga ajratilgan yonilg‘ini talon-toroj qilgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Buxoro viloyatida fermer xo‘jaliklarga ajratilgan dizel yonilg‘isini talon-toroj qilgan moddiy javobgar shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi 9-sonli fermerlarga yonilg‘i tarqatish shoxobchasi moddiy javobgar shaxslari o‘zlari xizmat ko‘rsatuvchi fermer xo‘jaliklariga ajratilgan dizel yonilg‘isini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Jumladan, ular «D.» va boshqa bir qator fermer xo‘jaliklari uchun «Buxoroneftbazasi» MChJ tomonidan ajratilgan umumiy qiymati 143,8 million so‘mlik 20,7 ming litr dizel yonilg‘isini hujjatlarga soxta ma'lumotlar kiritish orqali o‘zlashtirishgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:43 / 03.05.2025
“10 marta takrorlab, eslab qolaman” – 205 ta davlat poytaxtlarini yoddan biladigan 8 yoshli Shukrona
10:57 / 23.01.2025
Buxoroda 33 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi
20:43 / 27.12.2024
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
12:33 / 13.12.2024