Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda antirekord: bir sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 274 mingga yaqin holat qayd etildi
Infeksiya tarqalishi avj olganiga qaramasdan, siyosatchilar saylov arafasida butun mamlakat bo‘ylab ommaviy mitinglar o‘tkazishda davom etmoqda.
Hindistonda 19 aprel kuni koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq rekord ko‘rsatkich qayd etildi – bir sutka ichida 273 810 ta holat aniqlandi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, hozirda Hindiston shifoxonalarida bemorlar oqimi sababli koyka va kislorod zaxiralari yetishmayapti. Sutka davomida 1619 kishi kasallikdan vafot etgan va pandemiya boshlanganidan buyon vafot etgan bemorlar soni 178 793 nafarga yetgan.

Infeksiya tarqalishi avj olganiga qaramasdan, siyosatchilar saylov arafasida butun mamlakat bo‘ylab ommaviy mitinglar o‘tkazishda davom etmoqda, deb yozadi agentlik.

Hindiston poytaxti Nyu-Dehli ma'muriyati sog‘liqni saqlash tizimidagi inqirozni bartaraf etish uchun federal hukumatni shifoxonalarni ko‘proq koykalar bilan ta'minlashga chaqirdi. Shahardagi aksariyat bozorlar 25 aprelgacha ishlamasligi e'lon qilindi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 15 million nafardan oshgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025