O‘zbekiston | 11:35 / 19.04.2021
3880
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda “Ofisiant”ga shilqimlik qilgan bezorilar ushlandi

Foto: Tergov departamenti

Shu yilning 05 aprel kuni soat 21:00 larda 25 yoshli G‘.I, 24 yoshli Q.A. va 22 yoshli E.J. Mingbuloq tumani “Kichik Jomasho‘y” mahallasida joylashgan jamoat joyi hisoblangan “Vodiy” umumiy ovqatlanish oshxonasida ularga xizmat ko‘rsatayotgan 19 yoshli Y.G.ga shilqimlik qilib, uning sochidan ushlab tortgan.

Bu holatni ko‘rgan 31 yoshli B.Z. ularni tinchlantirmoqchi bo‘lganda, B.Z.ni hech bir sababsiz urib do‘pposlaganlar. Ularning bezorilik harakatlari oldini olmoqchi bo‘lgan 46 yoshli N.A. va 27 yoshli S.B.ga qarshilik ko‘rsatib, ularni ham urib, pichoq bilan S.B.ning son qismiga jarohat yetkazganlar.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida B.Z. va N.A. “yengil” hamda S.B. “o‘rtacha og‘ir” tan jarohatlari olgani ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mingbuloq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G‘.I., Q.A. va E.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “a, g” bandlari (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.  

Tergov harakatlari jarayonida, G‘.I., Q.A. va E.J. ushbu umumiy ovqatlanish oshxonasida ofitsiant bo‘lib ishlovchi Y.G.ni ular bilan birgalikda bir stolda o‘tirib ovqatlanishga majburlab, turli uyatli xatti-harakatlar sodir etgani sababli ushbu jinoyat kelib chiqqani aniqlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid