Jahon | 20:54 / 19.04.2021
17489
1 daqiqa o‘qiladi

Tinch okeanida dunyodagi eng katta aysberg erib ketdi

Tinch okeanida dunyodagi eng katta A-68 aysbergi erib ketdi. Bu haqda ReN TV xabar berdi.

Telekanalning ma'lumot berishicha, to‘rt yil avval Antarktidadan ajralgan vaqtida aysbergning maydoni 6 ming kv kilometrni tashkil etgan. O‘sha paytda uning og‘irligi 1 trln tonnaga teng bo‘lgan.

Hozirda aysberg ko‘plab bo‘laklarga bo‘linib ketgan.

A-68 parchalanayotgani o‘tgan yili ma'lum bo‘lgandi. Olimlar uning uzoq vaqt davomida erimay turganidan hayron qolishgandi.

U Larsen muzligidan 2017 yil iyulda ajralgan.

Mavzuga oid