O‘zbekiston | 09:23 / 19.04.2021
2451
1 daqiqa o‘qiladi

«Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Dehqonobodni rivojlantirishga mablag‘ ajratilmoqda»

Zoyir Mirzayev boshchiligidagi rahbarlar Dehqonobod tumanining olis qishloqlaridan Duob qishlog‘ida bo‘ldi. Hududda qilinadigan ishlar yuzasidan hisobot berildi.

«Vazirlar Mahkamasi tumanni rivojlantirish bo‘yicha alohida qarori asosida 1589 gektar yerda qiymati 31 mlrd 401 mln so‘mlik pista va kovrak plantatsiyasi, «Tadbirkorlarni rivojlantirish ofisi» MChJ tashkil etiladi, - dedi Zoyir Mirzayev. Shuningdek, 40 mlrd 725 mln so‘m oilaviy tadbirkorlik uchun ajratiladi».

Aholiga xizmat ko‘rsatish sohasida 45,8 mlrd so‘mlik 33 ta loyiha amalga oshirilishini, natijada yana 5000 nafarga yaqin aholi bandligi ta'minlanishini bildirdi. Tumandagi 46 ta mahallada «mahallabay» ishlash tizimi jiddiy nazoratga olindi.

Muloqot davomida aholi tomonidan aytilgan ayrim muammolarni viloyat hokimi shaxsan o‘zi borib ko‘rgan. Qishloqda ekoturizmni saqlagan holda ta'mirlash ishlarini olib borish tavsiya etildi.

Mavzuga oid