Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda «Labo» haydovchisi «Nexia»ning yo‘lini to‘sib janjal chiqardi va mushtlashuvning oldini olmoqchi bo‘lgan shaxsni pichoqladi
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida davlat raqamisiz yurgan «Labo» haydovchisi «Nexia»ning yo‘lini to‘sib janjal chiqargan. So‘ng, ikkala haydovchi o‘rtasidagi mushtlashuvning oldini olmoqchi bo‘lgan shaxsni pichoqlagan. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning 17 aprel kuni soat 15:30 larda 25 yoshli M.Ozod Kattaqo‘rg‘on shahri U.Barnoyev ko‘chasida «Labo» avtomashinasini davlat raqamisiz boshqarib ketayotib, ushbu ko‘chada harakatlanib ketayotgan A.Amir boshqaruvidagi «Nexia»ning yo‘lini hech bir sababsiz bir necha marotaba to‘sgan. So‘ng, janjal keltirib chiqargan vaqtida, uning bezorilik harakatlarining oldini olmoqchi bo‘lgan 33 yoshli A.O‘lmasning bo‘yin, chap peshona sohasiga hamyon pichog‘i bilan jarohat yetkazgan.


Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan M.Ozodga nisbatan jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Ta'kidlanishicha, tergov harakatlari davomida, M.Ozod «Nexia» haydovchisini tanimasligi, unga o‘zini ko‘rsatib qo‘yish maqsadida bezorilik harakatlari sodir qilganligi aniqlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan
12:20 / 05.05.2025
10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan ikki kishi qutqarildi
10:20 / 05.05.2025
Nurobodda qariyb 17 ming gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalgani aniqlandi
13:52 / 09.03.2025