O‘zbekiston | 18:31 / 20.04.2021
5877
2 daqiqa o‘qiladi

«Termiz – Farg‘ona – Termiz» aviareysi 10 maydan yo‘lga qo‘yiladi

10 maydan boshlab, har dushanba «Termiz – Farg‘ona», 13 maydan boshlab esa har payshanba «Farg‘ona – Termiz» yo‘nalishida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: Kamil Yenikeyev

10 may, dushanba kunidan boshlab, Termiz xalqaro aeroportidan haftaning har dushanba kunlari «Termiz – Farg‘ona» yo‘nalishi bo‘yicha yangi aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Termiz xalqaro aeroporti matbuot xizmati xabar qildi.

13 maydan boshlab esa, haftaning har payshanba kunlarida «Farg‘ona – Termiz» yo‘nalishida qatnovlar amalga oshiriladi.

Fevral oyida qabul qilingan, ichki turizmni rivojlantirishga oid prezident farmoniga ko‘ra, «Termiz – Urganch – Termiz» aviareysi ham yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.

Avvalroq, 6 apreldan boshlab «Toshkent – Andijon» yo‘nalishida aviaqatnov tiklanishi ma'lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways 28 martdan boshlab aksariyat yo‘nalishlarda yuklar uchun alohida haq ola boshlagan.

Mavzuga oid