Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq mutaxassislari «Sputnik V» tromblar paydo qilishi ehtimolini diqqat bilan o‘rganishga va'da berishdi
Hozirda Rossiya vaksinasi baholashning dastlabki bosqichida bo‘lib, YeI ekspertlari uning xatarlarini baholashga hali yetib kelmagan.
YeI mutaxassislari Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi tromblar paydo qilishi ehtimolini o‘rganishadi. Bu haqda Yevropa dori vositalari agentligi (EMA) ijrochi direktori Emer Kuk ma'lum qildi.
«Biz «Sputnik V»ga oid ma'lumotlarni o‘rganayotganimizda bunga alohida e'tibor qaratamiz. Hozirga qadar o‘rganib chiqilgan hujjatlarda bunday holat yuz bergani to‘g‘risida ma'lumot yo‘q», — dedi u.
Kukning qo‘shimcha qilishicha, hozirda Rossiya vaksinasi baholashning dastlabki bosqichida bo‘lib, YeI ekspertlari uning xatarlarini baholashga hali yetib kelmagan.
U qo‘mita vaksinadan foydalanish va emlangandan keyingi hissiyotlar to‘g‘risidagi barcha xabarlarni diqqat bilan o‘rganishga va'da berdi.
Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi «Sputnik V» vaksinasini Yevroittifoqda ro‘yxatga olish uchun 29 yanvarda ariza berganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:49 / 26.05.2025
Donald Tramp Yevroittifoqdan import uchun bojlarni 9 iyulgacha kechiktirdi
09:11 / 23.05.2025
Ukraina Yevroittifoqqa qurolli kuchlarini bevosita moliyalashtirishni taklif qildi
13:45 / 21.05.2025
Isroilga iqtisodiy bosim: Yevroittifoq savdo imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqadi. Britaniya erkin savdo bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi
09:26 / 17.04.2025