Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aziz Abduhakimov: «Samarqandda shanba va yakshanba kunlari mehmonxonalar to‘la boshladi»
Samarqand shahrida prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqandga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha press-hisobot o‘tkazilmoqda. Unda sport va turizm vaziri Aziz Abduhakimov qatnashmoqda.
Abduhakimov Samarqandda turizm qanday yo‘nalishlar orqali inqirozdan chiqayotgani haqida gapirdi: «Bu borada samarqandlik tadbirkorlarga rahmat aytishim kerak, ular turizm sohasiga hamon pul tikishmoqda. Busiz turizm inqirozdan chiqolmagan bo‘lardi. Biz bugungi holatdan kelib chiqib ichki turizmni rivojlantirishiz kerak. Chunki bizni qutqaradigan yo‘nalish — ichki turizm.
Hozirda maktablar, bog‘chalar, boshqa tashkilotlar, mahallalardan Samarqandga ichki sayyohlar kelmoqda. Shanba, yakshanba kunlari shahardagi mehmonxonalar to‘la boshladi. Ichki turizm biz kutgandan ham yaxshiroq rivojlanmoqda. Bu borada 50 foizlik chegirmalar tizimi ham amal qilmoqda. Samarqandning imkoniyati juda yuqori, hatto dunyodagi top turizm yo‘nalishlaridan biri», deydi Abduhakimov.
Mavzuga oid
19:01 / 05.04.2025
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida
09:12 / 06.03.2025
Rossiya qo‘shinlari Kriviy Rigdagi mehmonxonaga zarba berdi: qurbonlar bor
00:16 / 28.01.2025
Turkiyada 78 kishining o‘limiga olib kelgan mehmonxonadagi yong‘in nima sababdan yuz bergani aniqlandi
14:03 / 21.01.2025