Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston aholisini elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida qilinayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi
Fuqarolarni barqaror elektr ta'minoti bilan ta'minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar yuzasidan «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqarma boshlig‘i Mahmudjon Karimov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lumot berdi.
Ta'kidlanishicha, 2021-2030 yillar davomida 130 ming km past kuchlanishli elektr tarmoqlarini hamda 40 mingdan ortiq transformator punktlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Buning natijasida respublikadagi 5 377ta mahallalarda 2 milliondan ortiq aholi va 13 mingga yaqin ulgurji iste'molchilarning elektr ta'minoti yaxshilanadi.
Respublika bo‘yicha qariyb 15000 km elektr uzatish tarmoqlari hamda 4000dan ortiq transformator punktlarida rekonstruksiya va yangilash ishlari bajariladi.
«Ushbu ishlar uchun ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish va jamiyat tizim tarkibidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish maqsadida har bir korxona uchun maxsus litsenziyalar olinib, loyiha guruhlari hamda qurilish brigadalari tashkil etilgan.
Xususan, bularni amalga oshirish uchun 605ta maxsus texnikalar, 14ta loyiha guruhlari va 171ta maxsus qurilish-montaj brigadalari jalb qilingan», dedi boshqarma boshlig‘i.
Mavzuga oid
15:00 / 17.05.2025
O‘zbekiston elektr taqsimlash infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun Jahon bankidan 100 mln dollar jalb qiladi
19:47 / 11.05.2025
Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
19:00 / 26.04.2025
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi
09:17 / 14.04.2025