Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshlar ishlari agentligiga budjetdan qo‘shimcha 100 mlrd so‘m ajratiladi
Yoshlar ishlari agentligiga budjetdan qo‘shimcha 100 mlrd so‘m ajratiladi. Bu prezidentning “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilab qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, Yoshlar ishlari agentligida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi va uning daromadlarini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilanadi:
Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
- Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari huzuridagi korxona, muassasa va tashkilotlar ixtiyorida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi;
- jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
- qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi.
Moliya vazirligi 2021 yilda:
- farmonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Yoshlar ishlari agentligiga Davlat budjetidan qo‘shimcha ravishda 100 mlrd so‘m;
- oliy ta'lim muassasalari talabalari turar joy oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplash uchun Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda tasarrufida oliy ta'lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning hisob-kitoblariga muvofiq Davlat budjetidan qo‘shimcha ravishda mablag‘lar ajratadi.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
15:52 / 15.05.2025
O‘zbekistonda “Harvardchilar maktabi” ochiladi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:23 / 30.04.2025