Hindistonda sutkalik koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha jahon rekordi qayd etildi
Avvalgi rekord AQShda qayd etilgandi. Yanvarda mamlakatda bir sutkada 297,4 ming holat aniqlangandi.

Hindistonda sutkalik koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha jahon rekordi qayd etildi: mamlakatda 314,8 ming kishida virus aniqlandi, deb xabar berdi Reuters.
Avvalgi rekord AQShda qayd etilgandi. Yanvarda mamlakatda bir sutkada 297,4 ming holat aniqlangandi.
Oxirgi haftalarda Hindiston hukumati mahalliy saylovlar oldidan ommaviy mitinglar va Kumbxa Mela festivalini o‘tkazishga ruxsat bergani uchun tanqid ostida qolgandi. Festival Gang daryosi sohilidagi Xardvar shahrida o‘tkaziladi. Unda ziyoratchilar daryoda cho‘miladi. Tashkilotchilarning hisob-kitobiga ko‘ra, festivalga aprel davomida 150 mln kishi kelishi mumkin, deb yozadi Sky News.
Bundan tashqari, Hindiston bozor va savdo markazlari yopilmagan, katta to‘ylar o‘tkazishga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid

01:55 / 01.05.2025
Hindiston Pokiston samolyotlari uchun havo makonini yopdi

20:47 / 30.04.2025
Urushlarning o‘zgargan motivi: tashqi tahdid emas, ichki siyosiy maqsadlar

18:16 / 30.04.2025
Hindistondagi mehmonxonada yong‘in yuz berdi. Qurbonlar bor

16:55 / 30.04.2025