Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karantin talablari kuchaytirilca, Qoraqalpog‘istondagi transportlar harakati qanday yo‘lga qo‘yiladi?
Ushbu savolga Qoraqalpog‘iston Respublikasi transport vaziri o‘rinbosari Temur Saribeyev javob berdi. Uning aytishicha, koronavirus bilan bog‘liq holat yomonlashaversa, Nukusda ham Toshkendagi holat kuzatilishi mumkin.
Hozircha karantinda Qoraqalpog‘istondagi transportlar harakatiga oid taklif ishlab chiqilgan. Unda, o‘tgan safargidek yo‘nalishli taksilarda haydovchi va yo‘lovchi o‘rtasida to‘siq o‘rnatilishi, «Damas»larning old o‘rindig‘iga yo‘lovchi olinishi taqiqlanishi kabi talablar bor. Saribeyevning aytishicha, hozirda bu taklif maxsus shtab tomonidan hali tasdiqlanmagan.
Vazir o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, Nukusda avtobuslar yetarli darajada emas. Shuning uchun «Damas»lar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish holatlari keskin oshayotgani sababli 18 apreldan karantin nazorati kuchaytirilgandi (https://kun.uz/news/2021/04/18/bugundan-karantin-qoidalari-kuchaytirildi). Umumiy ovqatlanish muassasalarida va avtobuslarda o‘rinlar 50 foizgacha cheklandi.
Mavzuga oid
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
14:38 / 02.05.2025
O‘zbekiston yangi transport yo‘laklarini shakllantirishda YeI bilan hamkorlik qiladi
14:25 / 30.04.2025
To‘rtko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi
07:33 / 26.04.2025